FU
Fidoyi Ustozlar
Ergashev Elyor Erkin o'g'li
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Ergashev Elyor Erkin o'g'li

📍 Hudud Jizzax / Sharof Rashidov tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 3-maktab
📘 Fan Informatika va Axborot texnologiyalar va O'IBDO'
⏳ Pedagogik staj 10 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

SO‘NGGI 10 YIL DAVOMIDA ERISHGAN YUTUQLARIM VA FAOLIYAT NATIJALARIM 2016–2026-yillar 1. 2018-yil – Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 8-sinf o‘quvchimni «Bilimlar bellashuvi» tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lishiga erishdim. 2. 2016–2024-yillar – Informatika fanini o‘qitish davomida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanib, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdim. 3. O‘quvchilarni fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvlari va turli tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar olib bordim. 4. 2024-yil dekabr oyidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim sifati va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirdim. 5. Fan metod birlashmalari faoliyatini takomillashtirish, pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish va dars sifatini monitoring qilish ishlarini tashkil etdim. 6. 2026-yil – Sifatli ta’limni ta’minlash yo‘nalishida pedagogik jamoa bilan hamkorlikda BSB va CHSB natijalarini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi. Natijada maktab jamoasi tomonidan 10 ta ustama olishga erishildi. 7. 2026-yil – Fan olimpiadalarining tuman bosqichida o‘quvchilarimiz ingliz tili va matematika fanlaridan faxrli 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. 8. 2026-yil – Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish va attestatsiya jarayonlari natijasida: 2 nafar o‘qituvchi oliy malaka toifasini; 3 nafar o‘qituvchi ikkinchi malaka toifasini; 1 nafar pedagog birinchi malaka toifasini qo‘lga kiritdi. Jami 6 nafar pedagogning malaka toifasi oshirildi yoki tasdiqlandi. 9. O‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish, bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirdim. 10. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, elektron jurnal, elektron monitoring va zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirdim.

Siz ham Ergashev Elyor Erkin o'g'li haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish