FU
Fidoyi Ustozlar
Akbarova Gulnoraxon Sattorxoʻjayevna
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Akbarova Gulnoraxon Sattorxoʻjayevna

📍 Hudud Farg'ona viloyati / Uchko'prik tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 15- umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
📘 Fan Boshlangʻich sinf
⏳ Pedagogik staj 17 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Men — Akbarova Gulnoraxon Sattorxo‘jayevna, oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, magistr, Milliy dastur master-treneri, YUNESKO mentori va xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha baholovchi mutaxassisman. 1988-yil 1-fevralda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilganman. 2006–2010-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida bakalavriat, 2010–2012-yillarda magistratura bosqichida tahsil olganman. Pedagogik faoliyatimni 2010-yilda boshlaganman. 2013-yil 16-avgustdan buyon Uchko‘prik tumanidagi 15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Kasbiy yutuqlarim: - Oliy malaka toifasiga egaman. - Ona tili va matematika fanlaridan milliy sertifikatlar sohibiman. - 70 foizlik ustama olish huquqiga egaman. - Milliy dastur bo‘yicha master-trenerman. - YUNESKO mentori sifatida kasbiy rivojlanish faoliyatini olib boraman. - Xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha baholash ishlarida ishtirok etaman. Pedagoglarni attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlash, metodik bilimlarini rivojlantirish hamda kasbiy salohiyatini oshirish mening asosiy faoliyat yo‘nalishlarimdir. Zoom, Telegram va Google Classroom platformalari orqali ustozlarga metodik yordam ko‘rsataman. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, diagnostik testlar, ilmiy-metodik materiallar yaratish va uch qismli kitoblar loyihasi ustida ishlash ijodiy faoliyatimning muhim qismidir. Mening kasbiy shiorim: “Ilm ulashgan sari ko‘payadi. Har bir ustozning yutug‘i — ta’lim taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.”

Siz ham Akbarova Gulnoraxon Sattorxoʻjayevna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish