✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Feruza Karimova Odiljonovna
📍 Hudud
Namangan / Mingbuloq tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
15-maktab
📘 Fan
Direktor
⏳ Pedagogik staj
25 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
Shaxsiy yutuqlari emas,o'quvchilaring,shogirdlarining yutuqlari bisyor.Dunyoning eng nufuzli joylarida tahsil olishadi,ishlashadi.Ustozning yaratgan muhiti,sharoiti o'quvchilar yutug'ida namoyon .
⚡️ Yutuqlar ortida bir insonning fidoyiligi bor...
Har bir maktabning o‘z tarixi, o‘z yutuqlari va faxrlanadigan insonlari bo‘ladi. Ammo bu yutuqlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmaydi. Ularning ortida tinimsiz mehnat, qat’iyat, ishonch va eng muhimi, jonkuyar rahbarning fidoyiligi turadi.
15-maktab bugun erishayotgan natijalar ana shunday fidoyilikning yorqin ifodasidir.
Maktab direktori Feruza Karimova uchun rahbarlik shunchaki lavozim emas, balki katta mas’uliyat, sharaf va kelajak oldidagi burchdir. Uning tashabbusi, talabchanligi va jamoani bir maqsad sari birlashtira olishi tufayli maktab hayotida yangi marralar zabt etilmoqda.
Bugun 15-maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. Biologiya fanidan Elmurod Pazliddinov uch yildan buyon viloyatda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Tarix, huquq va ingliz tili fanlarida ham o‘quvchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma olmoqda.
Maktab jamoasi xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tuman tanlovida to‘rt yildan buyon g‘olib bo‘lib, 100 million so‘mlik yutuqni qo‘lga kiritdi. «Turon» maktab teatri, «Iqtidor» milliy ansambli, ELO olimpiadasi, ekologik loyihalar, sport va kitobxonlik tanlovlaridagi muvaffaqiyatlar esa maktab nufuzini yanada yuksaltirmoqda.
Ammo Feruza Karimovaning rahbarlik faoliyatidagi eng e’tiborli jihatlardan biri — yutuqlarni shunchaki e’tirof etish bilan cheklanmay, ularning ortida turgan mehnatni munosib qadrlashidir.
Buning yorqin misoli sifatida direktorning o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan Asosiy fan olimpiadasi g‘oliblari va ularni tayyorlagan ustozlarga 100 AQSH dollaridan pul mukofoti ajratganini keltirish mumkin. Bu rag‘bat Baxtiyor Karimov nomidagi stipendiya tarzida taqdim etildi.
Bu shunchaki moddiy mukofot emas. Bu — o‘quvchining bilimiga, ustozning zahmatiga bildirilgan yuksak hurmat, mehnat qadrlanadigan muhit yaratishga qaratilgan ezgu tashabbusdir. Zero, rahbarning o‘z imkoniyatlari hisobidan ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar va ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlashi chinakam fidoyilik namunasidir.
Maktabda har chorakda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun joriy etilgan Baxtiyor Karimov nomidagi stipendiya ham yoshlar qalbida katta maqsadlar sari intilish tuyg‘usini uyg‘otmoqda.
Bugun 55 nafar fidoyi ustozning zahmati, o‘quvchilarning intilishi va ota-onalarning hamjihatligi 15-maktabning muvaffaqiyatlarini yanada ko‘paytirmoqda. Ota-onalar tashabbusi bilan yangi kutubxonaning bunyod etilishi ham ana shu birlikning go‘zal namunasidir.
Aslida, rahbarning buyukligi faqat erishilgan natijalarda emas, balki boshqalarning yutug‘idan quvonishi, iste’dodlarni kashf etishi, mehnatni qadrlashi va ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘sha olishidadir.
Feruza Karimova boshchiligidagi 15-maktab jamoasi bir haqiqatni isbotlamoqda: katta natijalar katta ishonchdan, yuksak marralar esa fidoyilikdan boshlanadi.
Bugun 15-maktabning har bir yutug‘ida rahbarning ishonchi, ustozlarning mehnati, o‘quvchilarning orzusi va bir maqsad yo‘lida birlashgan jamoaning kuchi mujassam.
15-maktab — bu shunchaki ta’lim maskani emas. Bu — ilm qadrlanadigan, mehnat e’tirof etiladigan, iste’dod qo‘llab-quvvatlanadigan va kelajak bunyodkorlari tarbiyalanadigan maskan!
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Yetarlimi?
Yuqorida hammasini yozdim
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Maktab direktori Feruza Karimova yaratgan muhit juda muhim.Ustozlar chin dildan ishlaydilar.Direktorimiz o'z hisobidan 1-chorakda yutuqqa erishgan ustoz va 8 nafar o'quvchilarga 100$ dan mukofotni stependiya ko'rinishida berdilar.Bundan tashqari har bir o'quvchi bilan ,oilasi bilan erinmay,sidqidildan shug'ullanadilar,psixologik yordam beradi.
Yozilgan
Siz ham Feruza Karimova Odiljonovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.